Buyuk yozuvchi Stefan Sveyg ushbu romanida o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Avstriyadagi ijtimoiy hayot, Birinchi jahon urushidan keyingi qiyinchiliklar bosh qahramon - Kristina hayoti misolida tasvirlaydi. Yosh, navqiron, ammo kambag‘al Kristina yoshlik zavqini ham totmagan. Chunki bo‘lib o‘tgan urush butun bir avlodning yoshligini, quvonchu shodligini o‘g‘irlagandi. Adib asarda quyi qatlam odamlarining to‘laqonli hayot kechirish uchun qanchalar mashaqqatga duch kelishini, pulsizlik tufayli o‘zlarini kamsitilgandek his qilib, bundan chuqur tushkunlikka, hatto depressiyaga tushib qolishlarini ko‘rsatadi. Shunday qiyin vaziyatda kun kechirayotgan Kristinaning hayotida nogoh o‘zi kabi nochor Ferdinand ismli yigit paydo bo‘ladi. Dunyoqarashi, fikrlashlari o‘zaro o‘xshash bu ikki yosh o‘rtasida yovuzlikka qarshi isyon ko‘targandek kurtak ochgan boqiy tuyg‘u - muhabbat ularni baxtga emas, aksincha, yana-da ulkan sinovlarga duchor qiladi. Ammo sevgining cheksiz qudrati, insonlar bu yo‘lda har qanday og‘ir sinovlarga ham tayyor bo‘lishi asarda o‘zgacha, Sveygga xos mahorat bilan tasvirlangan.
ISBN | 978-9943-8593-6-4 |
Til | O'zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 336 |
Nashriyot | Yangi asr Avlodi |
Muqovasi | Qattiq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2022 |