"Liderlik mohiyatan yakkalik emas. Ammo liderga ko‘pchilik umid bog‘lagani uchun u maksimal darajada o‘ziga ishongan bo‘lishi kerak. Boshqalar unga qarab o‘ylashishini hisobga olgan holda har bir harakat va so‘zlarini obdon o‘ylashi lozim. Biroq liderlikning eng tub mohiyati qaror qabul qilish jarayoni qarorga, qaror esa harakatga aylanadigan onda o‘zini ko‘rsatishdir. Chinakam lider bu asnoda faqat o‘ziga ishonishi kerak."
Kitobda, taʼsir ko‘rsatish, qatʼiyat, botiniy kuch, boylik,chidam haqida so‘z boradi. Ushbu bestseller allakaqon o‘z tarixiga ega. U millionlab kishilarga muvaffaqiyatga erishishda ko‘mak bergan.
Teodor Ruzvelt shtat qonunchilik majlisi deputatligidan AQSH prezidentigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Hozirgi kungacha T.Ruzvelt millatning eng mashhur liderlaridan. Ushbu kitobda uning liderlik bo‘yicha yetti qonuni hamda 136 bebaho sabog‘ini topasiz.
ISBN | 978-9943-6747-6-9 |
Til | O'zbekcha |
Yozuv | Kirillcha |
Betlar soni | 278 |
Nashriyot | Sharq ziyo zakovat |
Muqovasi | Qattiq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2021 |