Bolaligingizda hech aka-ukangiz yoki opa-singlingiz bilan janjallashganmisiz? Sezilib turibdi, «Bu qanday savol bo‘ldi?» degan istehzo bilan kitobni yopib qo‘yishga chog‘lanyapsiz. Shoshilmang, albatta, janjallashgansiz, bu g‘ayrioddiy hodisa emas. Ammo o‘zaro janjallaringiz, qizg‘anishlaringiz ota-onangiz uchun xavotirli kechgani aniq. Turgan gapki, bugun sizni ham ayni xavotir qiynamoqda va farzandlari ahil-inoq, tortishmaydigan, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishini xohlovchi onalar safida siz ham borsiz.
«Baqirmaydigan onalar» kitobi bilan kitobxonlarimizga tanish bo‘lgan, minglab yosh onalarga farzand tarbiyasida qimmatli maslahatlari va yo‘l-yo‘riqlari bilan yo‘lboshchilik qilgan Xadicha Kubro Tongarning «Ahil va inoq farzandlar tarbiyalash sanʼati» kitobi siz va siz singari dilbandlari his-tuyg‘ulariga befarq bo‘lmaganlarga ko‘maklashadi.
Biz esa siz uchun hamisha duodamiz: dilbandlarimiz biri hayot yo‘llarida qoqilganda boshqasiga qo‘l cho‘zguvchi, biri mahzun bo‘lganda boshqasiga quchoq ochguvchi, biri mashaqqatlarga duch kelganda boshqasining kuchiga kuch qo‘shguvchi yelkadosh bo‘lsin.
ISBN | 978-9943-20-974-9 |
Til | O'zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 160 |
Nashriyot | Yangi asr avlodi |
Muqovasi | Yumshoq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2022 |